10:50 / 11.07.2018
11 873

Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi ma’lum bo‘ldi

Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi ma’lum bo‘ldi
Og‘riq qoldiruvchilarning keng qo‘llanilishi yurak yetishmovchiligi tufayli shifoxonaga tushuvchi bemorlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Gap yallig‘lanishga qarshi nesteroid dori vositalari haqida bormoqda. Milandagi Bikokka universiteti olimlarining shunga doir ilmiy izlanishlari Medicalxpress nashrida chop etildi.

Tadqiqot davomida olimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada yashovchi, og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qiluvchi 10 million bemorning ma’lumotini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotchilar bunda 92 mingdan ortiq shifoxonaga tushish holatlarini aniqlashdi, har bir bemorning qaysi dorini qanday dozada qabul qilganligini ham o‘rganib chiqishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, ketorolak, naproksen, nimesulid, piroksikam kabi dori vositalari, shuningdek Sox 2 ingibatorlari - etorikoksib va rofekoksib - katta dozalarda yurak yetishmovchiligi xavfini ikki barobar oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Bu natijalar kuzatuv tadqiqotidan olingan bo‘lsa-da, ekspertlar og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishni tavsiya qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi ma’lum bo‘ldi