21:25 / 21.07.2018
5 160

Aksariyat vitaminli qo‘shimchalar foydasiz ekani aniqlandi

Aksariyat vitaminli qo‘shimchalar foydasiz ekani aniqlandi
Amerika kardiologlari uyushmasi keng ko‘lamli o‘rganish o‘tkazganida aksariyat vitaminli qo‘shimchalarning inson organizmiga ijobiy ta’siri uncha katta emasligi aniqlandi, deb yozmoqda «Business Insider». Tadqiqotchilar farmatsevtika bozoridagi multivitaminli komplekslar va biologik faol qo‘shimchalar tarkibiga kiruvchi V, S va D vitaminlarini deyarli foydasiz deb topishdi.

Tadqiqot davomida «haqiqiy» vitaminlar, boshqa foydali moddalar va mikroelementlar faqat tabiiy mahsulotlar tarkibida bo‘lishi isbotlandi. Xususan, A, C va E vitaminlari faqat meva va sabzavotlar tarkibida bo‘ladi.

S vitamini haqidagi ta’riflar ham oshirib yuborilgan deyildi — u shamollashda tezroq tuzalishga yordam bermas ekan.

D vitamini suyaklar mustahkamligi uchun juda zarur. Ammo biz iste’mol qiladigan ovqatlar tarkibida kam bo‘lgani uchun faqat D vitaminini qo‘shimcha vosita sifatida ishlatish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Aksariyat vitaminli qo‘shimchalar foydasiz ekani aniqlandi