Minnesota universiteti olimlari senolitiklar toifasiga kiruvchi dorilar organizm qarishini sekinlashtirishda muhim rol o‘ynashini amalda isbotlashdi.
Avval bu tadqiqot sichqonlarda olib borildi. Bilasizki, kemiruvchilar turkumiga kiruvchi jonivorlar organizmi ham xuddi odam organizmiga o‘xshash va funksiyalar deyarli bir xil. Xullas, sichqonlarga bir nechta keksaygan to‘qimalar o‘rnatildi. Kuzatildiki, o‘rnatilgan keksa to‘qimalar sog‘lom, yosh to‘qimalarni ham o‘z domiga torta boshladi. Organizmning qarishi tezlashdi. Immunial tizim faoliyati zaiflashdi.
Shunda olimlar sichqonlar organizmiga shamollashga qarshi “dazatinib”, keksaygan to‘qimalarni o‘ldiruvchi “flavanoid kvarsetin” senolitik dori vositalarini yo‘llashdi. Shu zahoti qari to‘qimalar o‘lish pallasiga kirdi. Immunial tizim faollashdi. Senolitiklar keksaygan to‘qimalar tufayli sichqonlarning o‘lish xavfini 65 foizga kamaytira oldi.
Xuddi shu tajriba yaqin vaqtlarda klinik sinovlardan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Agar senolitiklar sinovi odamlarda ham xuddi sichqonlardagi kabi muvaffaqiyatli chiqsa, bu usul dunyo bo‘ylab tarqatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?