15:55 / 19.08.2018
6 216

Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?

Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?
Bosh og‘rig‘ining sabablari ko‘p, ulardan biri — ochlik. Buning uchun ba’zida parhez ham shartmas, to‘rt-besh soat ovqat yemasak ham boshimizda og‘riq paydo bo‘ladi. Nega? Axir bosh ovqat hazm qiluvchi a’zo emasku? “Life” portaliga tayanib “Xabar” nashri ushbu savolga oydinlik kiritdi.

Vrach-diyetolog Andrey Bobrovskiyning aytishicha, “och” bosh og‘rig‘ining eng ko‘p tarqagan sabablaridan biri qonda glyukoza (qand moddasi) kamayib ketishidir. Glyukoza miya uchun asosiy energetiklardan biri ekanini yaxshi bilamiz. Bu modda qonimizda kamayib ketganida miyaga quvvat (energiya) yetishmayotgani haqida bosh og‘rig‘i orqali signal keladi.

— Qonda qand moddasi tanqisligida ozish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga yaxshi tanish bo‘lgan gipoglikemik kriz (qand miqdorining keskin tushib ketishi) sodir bo‘ladi. Kriz bosh og‘rig‘i bilan boshlanib hushdan ketish bilan tugashi mumkin. Parhezda o‘tirganlar bunga ko‘p duch kelishadi, — deydi Bobrovskiy.

Och qolganda bosh og‘rishining yana bir sababi gipotalamusning zo‘riqish bilan ishlashidir. Miyaning bu qismida ochlik va to‘qlik hislariga javobgar markaz joylashgan. Uzoq vaqt och qolganimizda bu markazga tanamizdagi turli organ va tizimlardan tashvishli signallar kela boshlaydi va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Bobrovskiyning ta’kidlashicha, ayni shu kuchli evolyutsion himoya mexanizmi insoniyatni ochlikdan qirilib ketishdan asrab kelgan.

Bu hammasi emas, mutaxassisning aytishicha, ochlikdan bosh og‘rishining psixologik sabablari ham bor. Muntazam to‘yib ovqatlanishga o‘rgangan odamlar tiyilib yurishsa shunday holatga tushishadi. Agarda ular lazzatni faqat ovqatdan emas, boshqa narsalardan ham olishga o‘rganishsa ochlik ortidan keluvchi bosh og‘rig‘idan qutulishlari mumkin.

Diyetologning boshqalarga maslahati shu: kuniga 5-6 mahal, kam-kamdan ovqatlanish kerak.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?