11:27 / 02.09.2018
6 735

Endi astmani jarrohlik yoʻli bilan davolashadi

Endi astmani jarrohlik yoʻli bilan davolashadi
Tibbiyotda eng xavfli xastaliklardan biri sifatida astma tilga olinadi. Bu xastalik bilan ogʻrigan odamning har kuni jiddiy xavf ostida boʻladi. Ayniqsa, xastalik xuruj qilganda, boʻgʻilish jarayoni koʻplab bemorlarni hayotdan olib ketishi kuzatiladi.

Angliya sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari shu kunlarda bemorlarni innovatsion yangi davolash usuli bilan tuzatishga harakat qilmoqda. Usul bronxial termoplastika deb atalib, bemorning ahvolini eng ogʻir vaziyatlarda ham yaxshilash imkoniga ega ekan.

“AstmaUK” xayriya tashkiloti boʻlim mudiri Jo Farrington-Duglasning gapiga koʻra, bronxial termoplastika usuli nafas yoʻllariga joylashib, bir-biriga jipslashgan holda kislorodning yoʻlini toʻsishga asoslangan yassi muskulatura hajmi keskin kamayishini taʼminlab, nafas yoʻllarini ochib yuboradi.

Yuqorida taʼkidlanganidek astmaning eng ogʻir turi ham xuddi shu usul yordamida, jarrohlik amaliyoti orqali chekinishga majbur etiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi astmani jarrohlik yoʻli bilan davolashadi