12:00 / 08.10.2018
7 764

Oshqovoq: diabet, gipertoniya, asabni davolaydi

Oshqovoq: diabet, gipertoniya, asabni davolaydi
Oshqovoq nafaqat mazali, balki turli dardlarga davo yegulik hamdir. Ushbu oltinrang sabzavotning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtiramiz.

Tish kasalliklarida shifo

— Oshqovoq moyi ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari, xususan, kariyes, tishlarning karash bilan qoplanishi, milk xastaliklari, hatto stomatitda ham foyda qiladi. Masalan, kariyes, tish karashlaridan xalos boʻlish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Bizga 2 osh qoshiq oshqovoq moyi, tuz, 250 ml suv kerak boʻladi. Yogʻni shisha idish yoki kosaga quyib, idishi bilan qaynoq suvga solib, biroz isitib olamiz. Iliq qaynatilgan suvda bir chimdim tuzni eriguncha aralashtiramiz. Milk kasalliklarida, kariyes va karashlar paydo boʻlganda, 2-3 daqiqa davomida ogʻiz yogʻ bilan chayiladi. Soʻng tuzli suvda chayish davom ettiriladi. Muolaja har kuni ovqatlanishdan 15 daqiqa avval bir hafta davomida bajariladi.
Xolida Ortiqova, Jizzax viloyati

Asalli malham

— Oshqovoq boli jigar uchun malham. U ovqat hazmini yaxshilab, kuchsiz surgi vazifasini bajaradi. Shuningdek, oshqovoqli asal ortiqcha vazn, buyrak va qovuq xastaliklarida foyda qiladi.
Jamila UMRZOQOVA, Namangan viloyati

Jigarni tozalovchi salat

— Jigar uchun eng foydali mahsulot bu oshqovoqdir. Agar uni oʻz mavsumida tez-tez yeb tursangiz, jigaringizga katta yordam bergan boʻlasiz. Oshqovoq jigarni tozalaydi va uning tiklanishiga yordam beradi. Buning uchun turli salatlar pishirish kerak. Negaki, u xomligida vitaminlari koʻproq boʻladi. Men sizlarga oʻzim tayyorlaydigan salat retseptini aytaman: buning uchun oshqovoqning katta boʻlagini yirik tishli qirgʻichdan oʻtkazasiz. Keyin esa unga zaytun yogʻidan quyib, aralashtirasiz va 5 daqiqa dam berasiz. Salat ertalab och qoringa yeyiladi.
Sojida Umarova, Namangan viloyati

Asabni tinchlantiradi

— Xalq tabobatida asab kasalliklarini davolashda oshqovoq koʻp qoʻllanadi. Masalan, uyqusizlik, stressdan xalos boʻlish, tinchlantiruvchi vosita sifatida bir qancha oshqovoqli retseptlarni sinab koʻrish mumkin.

Shuningdek, oshqovoqni gaz pechida yoki tovada dimlab, pishirish mumkin.

— Menga qandli diabet tashxisini qoʻyishgach, turmush tarzim, ayniqsa, ovqatlanishimni tubdan oʻzgartirdim. Taomnomamda turli foydali ovqatlar bor. Masalan, oshqovoqli pyure-shoʻrvani olaylik. Bu taomni tayyorlash uchun 1,5 l yengil tovuq shoʻrvasi, 2 donadan piyoz, kartoshka, sabzi, 350 g oshqovoq, koʻk piyoz va koʻkatlar, 70 g qattiq pishloq, 50 g sariyogʻ, 2 boʻlak non hamda taʼbga koʻra tuz va murch kerak boʻladi. Shoʻrvani olovga qoʻying. Qaynab chiqqach, mayda toʻgʻralgan kartoshka soling. Oshqovoq, sabzi va piyozni past olovda sariyogʻda qovurib, yumshaguniga qadar idish ustini qopqoq bilan yopib qoʻying. Barcha qovurilgan mahsulotlarni shoʻrvaga qoʻshib, tuz va murch soling-da, shoʻrvani sabzavotlar yumshaguniga qadar qaynating. Nonni mayda toʻrtburchak shaklda kesib, gaz pechida quritib oling. Shoʻrvadagi sabzavotlarni ajratib olib, blender yoki qoshiqda ezing. Soʻng bu qorishmaga shoʻrva suvidan ozgina quyib, pyure-shoʻrva holiga keltiring. Taomga maydalangan koʻkatlar, qirgʻichdan chiqarilgan pishloq hamda qotirilgan non solib, dasturxonga torting. Bunday shoʻrva gipertoniya (baland qon bosimi)ga chalinganlar uchun ham rosa foydali.

— Oshqovoqli asalni tayyorlash uchun oʻrtacha kattalikdagi oshqovoqning band qismidan ozroq kesib olinadi. Ichidagi urugʻlari olinib, asal toʻldiriladi va kesib olingan boʻlak bilan yopiladi. Asalga toʻlgan oshqovoq togʻorachaga solinib, bir chekkaga olib qoʻyiladi. U shu holatda poʻsti yumshaguncha turadi. Keyin oshqovoq ichida hosil boʻlgan suyuqlik shisha bankaga quyiladi. U sovitkichda saqlanadi. Suyuqlikni istalgan payt qaynagan suv bilan ichish mumkin.

Qand miqdorini kamaytiradi

1-usul: 1 kg oshqovoq etini qirgʻichdan chiqarib, dokaga solib siqiladi. Agar sharbatchiqargich boʻlsa, undan foydalanish mumkin. Sharbatni kuniga 1-2 marta ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin yarim stakandan ichish lozim. 2 oy shu muolajani qilsangiz, asablaringiz maromiga keladi. 2 hafta tanaffusdan keyin, muolaja kursini yana takrorlang. Sharbatning har safar yangisini tayyorlash lozim.

2-usul: 1 stakan oshqovoq sharbatiga 1 osh qoshiq asal aralashtiring. Bunday sharbatni 2 hafta davomida har kuni uyquga yotishdan avval ichish tavsiya qilinadi. Bordi-yu, oshqovoq sharbati koʻnglingizni behuzur qilsa yoki oshqozoningizni ogʻritsa, unga teng miqdorda qaynagan suv aralashtiring. Shunda yarim stakan sharbatga yarim stakan suv toʻgʻri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oshqovoq: diabet, gipertoniya, asabni davolaydi