18:30 / 10.10.2018
6 631

Yod tanqisligini davolovchi milliy dori vositasi yaratildi

Yod tanqisligini davolovchi milliy dori vositasi yaratildi
Uni Toshkent farmatsevtika institutining Farmatsiya yoʻnalishi 5-bosqich talabasi Sunnatullo Fazliyev yod tanqisligini davolovchi dori vositasini ixtiro qildi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz.

– Hozirga qadar yod tanqisligida tavsiya etiladigan dori vositalari chetdan olib kelinardi, – deydi S.Fazliyev. – Albatta, ustiga qoʻshimcha narxlar qoʻshilgach, qimmatlashadi. Hamma ham sotib ololmaydi. Oʻzbekistonda esa bunday dori vositasi yoʻq edi.

Birinchi bosqichdan buyon ustozlar koʻmagida ishlab birinchi mahalliy preparatni yaratdik. U arzon va samarador. Eng muhimi 90 foiz mahalliy xomashyodan olinadi. Agarda xorijdan kirib kelayotgan bunday dorilar 20-30 ming soʻm boʻlsa, yangi dorining narxi 12-13 ming soʻm oraligʻida boʻladi. Bunda kerakli moddalar “mehmon -mezbon” usulida birlashtirilgan. Inson tanasi uchun ortiqcha boʻlgan yod moddasi boshqa moddalar bila birlashib, noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Balki, keraklisi tanada qolib, ortiqchasi chiqib ketadi.

Ayni vaqtda ixtiro Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga koʻrib chiqish va tibbiyot amaliyotiga ruxsat olish uchun taqdim etilgan.

Bilamizki, yod tanqisligi Markaziy Osiyo aholisi uchun dolzarb masalalardan biri. Vaholanki, bu modda yetishmasligi tufayli yosh bolalar aqliy rivojlanishdan ortda qolib ketishi mumkin.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, Sunnatullo Fazliyev 2014 yilda “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 2017 yilning mart oyida Belarusda oʻtkazilgan kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlaridan kompleks tuzilgan “STЕND” olimpiadasida bronza medali sohibi boʻldi.

Yosh ixtirochi Xalqaro sud toksikologlari assotsiatsiyasi, Dorilarning terapevtik monitoringgi va klinik toksikologiya xalqaro assotsiatsiyasi aʼzosi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yod tanqisligini davolovchi milliy dori vositasi yaratildi