15:32 / 13.10.2018
5 893

Prezident qarori: Oʻzbekistonda xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Prezident qarori: Oʻzbekistonda xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Ushbu qarorga koʻra tabiblarning faoliyatini tartibga solish, ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, endilikda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha usuli sifatida eʼtirof etiladi va ushbu faoliyat bilan litsenziya asosida shugʻullanish lozim boʻladi.

Tabiblar koʻrsatgan xizmatlari uchun tibbiyot xodimlari kabi javobgar boʻladi.

Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida xalq tabobati boʻyicha maxsus oʻquv sikli, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida xalq tabobati kafedrasi va xalq tabobati yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kursi joriy etiladi.

Shuningdek, joriy yilning 1 dekabrigacha tabiblarning faoliyatiga baho berish mezonlari ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, xalq tabobatida qoʻllanadigan oʻsimliklar, ularni parvarish qilish va oʻstirish joyi, oʻsimliklardan foydalanish va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus baza yaratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Prezident qarori: Oʻzbekistonda xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etiladi