16:25 / 13.10.2018
6 069

Uylanishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqida

Uylanishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqida
Majlis uylanishdan oldin ikki nikohlanishni istovchilardan birida yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish masalasini ko‘rib chiqdi. Bu borada tayyorlangan ilmiy tadqiqotni atroflicha o‘rganib chiqqandan keyin majlis quyidagilarga qaror qildi:

1. Uylanishdan oldin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni aniqlashda foydalari bor. Bu sababli uylanishdan saqlanish mumkin. Shu bilan birga, bu ishning ayb va salbiy taraflari ham bor. Xususan, birovning aybini ochish, unga ma’naviy zarar yetkazish va kelajagini xavf ostida qoldirish kabilar.

2. Tibbiy ko‘rikni man’ qiluvchi narsa shariatda yo‘q. Jumladan, irsiy ko‘rikning ham. Faqat, aybni oshkor qilmaslik kerak va davolanishga yo‘l topish lozim.

3. Agar nikohni istovchi taraflardan biri uylanishdan oldin tibbiy ko‘rikni shart qilsa, mone’lik yo‘q.

4. Agar ikki taraf uylanishdan oldin kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan (irsiydan boshqa) o‘tishni istasalar, mo-ne’lik. Faqat, satr bo‘yicha Islom odoblariga amal qilish va boshqa tarafga zarar yekazmaslik shart.

5. Ikki tarafga ham uylanishdan oldin o‘zidagi yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastalikni yashirish joiz emas. Agar yashirsa va bu ish ikkinchi tarafning xasta bo‘lishi yoki o‘limiga sabab bo‘lsa, sababchi taraf shariat hukmi bo‘yicha barcha jazo va to‘lovlarni o‘tashi majburiy bo‘ladi.

6. Agar nikohdan keyin ikki tarafdan biri ikkinchisining yuqumli yoki uylanish maqsadlariga ta’sir o‘tkazadigan xastaligi borligini bilib qolsa, nikohni buzishga haqqi bor”.

Fatvo va ilmiy bahslar bo‘yicha Evropa majlisi tarkibi:

Shayx doktor Yusuf Qarazoviy – rais (Qatar).
Shayx qozi Faysal Mavlaviy – rais noibi (Livan).
Shayx Husayn Muhammad Halova – bosh kotib (Irlandiya).
Turli davlatlardan yigirma to‘rtta a’zo mavjud.

Manba: Fiqh.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uylanishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqida