08:52 / 02.11.2018
5 119

Buyuk Britaniyada tibbiy marixuana qonuniylashtirildi

Buyuk Britaniyada tibbiy marixuana qonuniylashtirildi
2018 yil 1 noyabrdan boshlab shifokorlar tarkibida tibbiy marixuana bo‘lgan dorilar uchun retsept yozishlari mumkin. Bu haqda "PharmaTimes"ga tayanib Turon24 AA xabar bermoqda.

Tibbiy marixuananing sotib olinishi faqat retsept asosida amalga oshiriladi. Retsept boshqa dori-darmonlar samarasiz bo‘lgan holatlardagina ba’zi mutaxassislar tomonidan berilishi mumkin. Maishiy marixuana iste’moli qonuniylashtirilmaydi.

Endilikda britaniyalik shifokorlarga bemorga zarur muolajani belgilash uchun maxsus ekspert komissiyasidan ruxsatnoma kerak bo‘lmaydi. Chunki qonunga ko‘ra, marixuana asosida tayyorlanadigan dori-darmonlarga cheklov belgilanmagan va davolashning yangi imkoniyatlaridan turli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar foydalana oladi.

Bugungi kunda britaniyalik shifokorlar bemorlarga tarkibida kannabinoidlar bo‘lgan dori vositalarini tavsiya qilishga haqli. Bu turdagi o‘simlikdan tayyorlangan har qanday dori vositasini tayinlash huquqi faqatgina Bosh tibbiy kengashning malakali mutaxassislariga berilgan.

Avvalroq marixuana taqiqlangan narkotik moddalarning "B" qatoriga kirar va uni saqlash taqiqlangan edi. Takroriy huquqbuzarlik uchun besh yilgacha qamoq jazosi belgilangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Buyuk Britaniyada tibbiy marixuana qonuniylashtirildi