08:56 / 10.12.2018
8 640

O‘zbekistonda tibbiyot kishi boshiga nisbatan moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tibbiyot kishi boshiga nisbatan moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2019 yil 1 apreldan boshlab kishi boshiga moliyalashtirish tizimi (moliyalashtirishning yangi mexanizmlari) tajriba tartibida joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni imzolagan sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga oid farmonda aytib o‘tilgan.

Shuningdek, respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari ham joriy etilishi rejalashtirilgan. Ayrim tumanlar ro‘yxati farmon bilan tasdiqlangan ilovada keltirilgan.

Mazkur yangi mexanizm 2020 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pullik asosda amalga oshirilishi belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda tibbiyot kishi boshiga nisbatan moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi