07:53 / 12.02.2019
10 109

Sun’iy intellekt o‘pka kasalliklariga tashxis qo‘ya boshladi (video)

Sun’iy intellekt o‘pka kasalliklariga tashxis qo‘ya boshladi (video)
Jon Xopkins universiteti muhandislari sun’iy intellektga ega aqlli stetoskop yaratdi. Stetoskop vrach yordamisiz pnevmoniya va boshqa o‘pka kasalliklariga tashxis qo‘ya oladi. Bu haqda universtitet saytida xabar berildi.

Antibiotiklar keng qo‘llanilishiga qaramay, pnevmoniya hanuzgacha xavfli kasalliklardan biri sifatida qolmoqda. Bunga sabab — bemorga diagnoz qo‘yishning qiyinligi. Yallig‘lanishdan darak beruvchi shovqinlarni eshitib, farqlash uchun vrachga katta malaka kerak bo‘ladi.

Yaratilgan stetoskopga yuqori sezgirlikka ega mikrofon o‘rnatilgan bo‘lib, unda kelgan ma’lumotlarni sun’iy intellekt qayta ishlab tashhis qo‘yadi. Diagnoz esa suyuq kristalli ekranda aks etib turadi. Qurilma tekshirish jarayonida pnevmoniyaga 87 foiz aniqlik bilan pnevmoniya tashxisini qo‘ygan.

Qurilma kelajakda vrachlarning va oddiy insonlarning beminnat yordamchisiga aylanishi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sun’iy intellekt o‘pka kasalliklariga tashxis qo‘ya boshladi (video)