07:17 / 17.03.2019
13 664

Ehtiyot boʻling: paxtali tayoqcha!

Ehtiyot boʻling: paxtali tayoqcha!
Britaniyalik erkak qulogʻini paxtali tayoqcha bilan kavlab, miyasini yiringlatib yubordi, deya maʼlum qildi Darakchi nashri.

31 yoshli erkak chap qulogʻida oʻn kundan beri ogʻriq borligidan shikoyat qilib, shifokorga murojaat etgan. Unda migren, koʻngil aynishi kuzatilgan. Kerakli dorilarni olgach esa hushidan ketgan. Shundan soʻng u shifoxonaga yotqizilib, tomografiyadan oʻtkazilgan. Uning miyasida yiringli yalligʻlanish borligi aniqlangan. Bemor oʻziga kelgach, hatto ismini ham eslolmagan. Maʼlum boʻlishicha, u besh yildan beri qulogʻini paxtali tayoqcha bilan tozalab kelgan. Miya yalligʻlanishiga esa paxta parchasi sabab boʻlgan.

Hozirda bemor oʻzini yaxshi his etib, bundan keyin hech qachon paxta tayoqchasidan foydalanmaslikka qaror qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ehtiyot boʻling: paxtali tayoqcha!