11:18 / 12.04.2019
6 587

O‘zbekistonda 10 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi

O‘zbekistonda 10 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi
2019-2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O`zmedimpeks” Davlat unitar korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi.
Farmon bilan 2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida 2019 yil 1 iyulgacha import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

2019-2021 yillarda 10 turdagi dori vositalari guruhlarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi. Antibiotiklar, viruslarga qarshi hamda onkologik kasalliklar uchun dori vositalari shular jumlasidandir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda 10 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi