Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi

  • 17 may 2019, 13:14
  • 1 800
  • Tibbiyot
  • Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi
    Bugungi kunda mamlakatimizda qandli diabet kasalligining ko‘z bilan bog‘liq asoratlari tibbiyotimizning oftalmologiya yo‘nalishidagi dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur xastaliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, profilaktika va tashxislash jarayonini yaxshilash maqsadida qator izlanishlar olib borilmoqda.

    Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ilk marotaba homiylar ko‘magida “OERTLI” kompaniyasining OS4 kombayni Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga keltirildi. Mazkur zamonaviy texnologiyaning imkoniyatlaridan tibbiyotimizda keng foydalanish maqsadida shifoxona mutaxassislari xorijda malaka oshirib qaytdi.

    Ushbu texnologiya asosida shu yilning 20 – 26 may kunlari Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasida markaz shifokorlari va Moskva shahridagi Gelmgols ilmiy tekshirish instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Sergey Toropayan boshchiligida qandli diabet kasalligining ko‘z bilan bog‘liq asoratlari, jumladan, diabetik retinopatiya va to‘r parda kasalliklari bilan kasallanganbemorlarga imtiyozli narxlarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazadi.

    Haftalik davomida Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti oftalmologiya kafedrasida taxsil oluvchi klinik ordinatorlar, malaka oshirish uchun kelgan shifokorlarga va klinika shifokorlariga mahorat darslari o‘tkaziladi va yuqori texnologik murakkab operatsiyalar jonli jarrohlik usulida namoyish etiladi.

    Ushbu amaliyotlardan imtiyozli ravishda foydalanishni istagan bemorlar Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi ma’muriyati bilan bog‘lanishlari mumkin.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi
    Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Фикрлар

    » » Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi