Mordoviya Davlat milliy tadqiqot universiteti olimlari erkaklar va ayollarda insult rivojlanishi xavfini oshiruvchi omillarni ma’lum qilishdi. Bu haqda RT tadqiqot natijalariga tayangan holda xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarda ko‘pincha ateroskleroz (arteriyalarning surunkali kasalligi), tamaki chekish, ichkilikbozlik, metabolik sindrom (organizm faoliyatidagi semirishga olib keluvchi kompleks buzilishlar) va kam harakatchanlik insult rivojlanishi xavfini tug‘diruvchi omillar hisoblanadi.
Ayollarda insult rivojlanishiga eng ko‘p qandli diabet, hilpiroq aritmiya, semizlik va dislipidemiya (qonda lipidlarning yuqori darajasi) ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, gipertoniya (yuqori qon bosimi) har ikki jins vakillari uchun bir xil xavf tug‘dirishi qayd etilgan.
Shuningdek, mutaxassislar ishemik insult yosh ayollarga qaraganda yosh erkaklarda ko‘proq uchrashini ma’lum qilishdi.
Insult — miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, bu kasallik o‘choqli yoki umumiy nevrologik belgilarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Aritmiya – yurak urishining chastotasi, ritmi va izchilligining buzilishidir.
To‘satdan zaiflik, uyqusizlik, yuz mushaklarining falajlari (odatda tananing bir tomonida), nutqni yo‘qotish, bir yoki har ikkala ko‘zning ko‘ra olish qobiliyati buzilishi, bosh aylanishi va o‘tkir bosh og‘rig‘i, muvozanat yo‘qolishi va yurishning keskin buzilishi insultning asosiy belgilari sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi