Foto: BBC
Britaniyalik olimlar yaqin 10 yil ichida hech bir jarayon taʼsir qilmaydigan saraton katakchalarini oʻsishdan toʻxtatuvchi dori ishlab chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda BBCga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Britaniya saraton tadqiqotlari instituti (ICR) bu izlanish uchun 75 million funt sterling ajratishini eʼlon qildi.
ICR Londonning janubiy qismida joylashgan Satton tumanida yangi dori ishlab chiqaradigan markaz tashkil qilmoqchi.
Institut rahbari Pol Uorkmanning aytishicha, saraton bilan kurashishdagi eng jiddiy muammo saraton katakchalarini doriga moslashishi boʻlib qolmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, ishlab chiqariladigan yangi preparatlar uzoq vaqt davomida saraton rivojlanishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin va bu saratonni davolash uchun koʻproq imkoniyat yaratadi.
Institut loyihada ishlash uchun turli sohalaridagi 300 ga yaqin tadqiqotchilarni jalb qilishga umid qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi