Tabiblarga tibbiy ma’lumoti bo‘lmasa ham ishlash huquqi berildi

  • 23 may 2019, 21:30
  • 2 279
  • Tibbiyot
  • Tabiblarga tibbiy ma’lumoti bo‘lmasa ham ishlash huquqi berildi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

    Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 265–I-sonli Qonunining 41-moddasiga (Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:

    quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:

    «Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar»;

    ikkinchi – oltinchi qismlar tegishincha uchinchi – yettinchi qismlar deb hisoblanadi.

    Фикрлар

    » » Tabiblarga tibbiy ma’lumoti bo‘lmasa ham ishlash huquqi berildi