Foto: «Ochkov.net»
«Editas Medicine» va «Allergan» kompaniyalari olimlari ko‘rlikning irsiy shakli — Leber amavrozidan qiynalayotgan odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun CRISPR dan foydalanishni rejalashtirmoqda, deyiladi «Fastcompany» xabarida. Bu bolalarda uchraydigan irsiy ko‘rlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bo‘lib, har 100 mingta holatdan taxminan ikkita-uchtasida kelib chiqadi.
Bu darddan aziyat chekayotgan odamlarga gen yetishmaydi: ushbu gen yorug‘likni miya uchun signallarga aylantiradi va ko‘zlarning ko‘rishiga imkon yaratadi. Mazkur genni CRISPR yordamida qo‘shish kasallikni davolashiga umid qilinmoqda.
Gen terapiyasi sharofati bilan o‘rinbosar genni ko‘z to‘r parda hujayrasiga kiritish xastalikni davolaydi. CRISPR yangi genetik materialni ko‘zlarga yetkazib, tadqiqotchilarga odam tanasida erkin operatsiya o‘tkazish imkonini beradi.
«Editas Medicine» va «Allergan» kompaniyalari mazkur texnologiyani AQSh hududida joylashgan 18 ta shifoxonada 2019 yilning kuzidan boshlab sinovdan o‘tkazishadi. Tadqiqotga 3 yoshdan 50 yoshga bo‘lgan odamlar jalb etiladi.
Avvalroq Koreya fundamental fanlar instituti gen muhandisligi markazi olimlari CRISPR-Cas9 texnologiyasidan ko‘z to‘r pardasini o‘rab turuvchi to‘qimalar «genetik jarrohligi»ni qo‘llashganini ma’lum qilishgandi. Operatsiya keksalikka oid ko‘rlikni davolashda qo‘l kelishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai