23:06 / 27.08.2019
3 905

2020 yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi

2020 yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi
Foto: «Nuz.uz»
2020 yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi. Bu haqda «Nuz.uz» xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining «Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020 yildan boshlab O‘zbekistonda kamyob dori vositalarini tayyorlash uchun 220 kilogramm timus ishlab chiqariladi.

Qarorga muvofiq, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga, «Qorako‘lchilik» Respublika birlashmasi bilan hamkorlikda Qorako‘l xom ashyosidan kamyob dori vositalarini ishlab chiqarishni 10 marotabaga ko‘paytirish majburiyati yuklatilgan.

Immun tizimini tiklaydigan «Timoptin», kamqonlikda ishlatiladigan «Eritim» preparatlari kamyob dorilar jumlasiga kiradi.
Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 12 ta timus ishlab chiqaruvchilari, tibbiyot uchun xom ashyo ishlab chiqarishni 2021 yilda 266 kilogramm, 2022 yilda 316 kilogramm oshiradi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, timus — hali tug‘ilmagan Qorako‘l qo‘zilarining immunitetiga javob beruvchi ayrisimon bez.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » 2020 yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi