13:33 / 28.08.2019
6 387

Shaxs ajralishi kasalligi

Shaxs ajralishi kasalligi
Shaxs ajralishi (shaxs dissotsiativ buzilishi) – psixik kasallik bo‘lib, insonda ikkinchi shaxsning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Psixiatriyada ko‘plab dissotsiativ shaxs buzilishi nomli kasallik mavjud, bunda insonda bir nechta shaxslar “yashaydi”. Ba’zan shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, bir insonda yuzdan ortiq shaxs yashaydi.

SABABLARI:
Dissotsiatsiya – psixologik himoya mexanizmi bo‘lib, bunda inson o‘zi bilan sodir bo‘layotgan hodisalarni xuddi boshqa odam bilan bo‘layotganday qabul qiladi.
Shaxs ajralishi sabablari quyidagilar:
- Og‘ir psixologik travmalar;
- Fizik zo‘rovonlikni boshdan o‘tkazganlar;
- Yoshligida emotsional zo‘riqishlarni o‘tkazganlar;
- Uzoq vaqt uyqusiz holatda bo‘lish.

BELGILARI:
Shaxs ajralishi sindromi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
• bemorda ikki va undan ortiq shaxsning “yashashi”;
• shaxsning har biri davriy ravishda o‘z “egasi” ustidan nazoratni qo‘lga oladi;
• uzoq vaqtli xotiraning buzilishi;
• vaqtdagi uzilishlar;
• kayfiyatning birdaniga o‘zgarishi;
• panik hujumlar (ataka);
• derealizatsiya hissi;
• uyquning buzilishi;
• bezovtalik;
• ovqatdan bosh tortish;
• gallyutsinatsiyalarning paydo bo‘lishi.

DIAGNOSTIKA:
Shaxsning dissotsiativ buzilishini qanday davolash borasida psixoterapevt quyidagi tekshiruvlarni o‘tkazadi:
• elektroensefalografiya;
• bosh miya kompyuter tomografiyasi;
• bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi;
Ushbu kasallikni shizofreniya, deliriy, aqliy zaiflik, shaxs buzilishlari va demensiyadan farqlash lozim.

DAVOLASh:
Shaxs ajralishini davolashda quyidagilar qo‘llaniladi:
• antidepressantlar;
• trankvilizatorlar;
• neyroleptiklar;
• psixoterapevtik davo;
• gipnoz.
Davolash kursi uzoq vaqt davom etadi, ko‘pincha umrbod davolanadi.

ASORATI:
Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, quyidagi asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi:
• amneziya;
• depressiya;
• depersonalizatsiya.
Suitsid (o‘zini o‘zi o‘ldirish) holatlari ham uchrashi mumkin.

Shaxs ajralishi ko‘proq ayollarda, bolaligida ruhiy travmalarni o‘tkazganlar, spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni qabul qilganlarda kuzatiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shaxs ajralishi kasalligi