Ko'z chaqchayishining sabablaridan biri - "Bazedov kasalligi"mi?

  • 28 avgust 2019, 15:04
  • 1 650
  • Tibbiyot
  • Ko'z chaqchayishining sabablaridan biri - "Bazedov kasalligi"mi?
    Bazedov kasalligi (diffuz toksik buqoq) – tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi, tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘ladigan endokrin kasallik. Yengil va asoratlangan holda kechishi mumkin.

    Nasliy moyillik, surunkali kasalliklar, autoimmun kasalliklar (qandli diabet, vitiligo), yod saqlovchi preparatlarni ko‘p iste’mol qilish kabilar ushbu kasallikning sabablari hisoblanadi.

    Kasallikning belgilari quyidagilar:
    - Ko‘z yoriqlarining kattalashishi;
    - Ko‘zning bo‘rtishi(chaqchayishi);
    - Ko‘zda quruqlashish va og‘riq;
    - Konyuktivit;
    - Buqoq bezi kattalashishi;
    - Yurak tez urishi;
    - Aritmiya;
    - Nafas tezlashishi;
    - Vazn tez kamayishi;
    - Issiqlik sezish;
    - Suyak mustahkamligi pasayishi.

    Qon umumiy va bioximik tahlili, qon immunoferment analizi, buqoq bezi biopsiyasi, buqoq bezi UTTsi, stintigrafiya, refleksometriya usullar kasallikni aniqlashga yordam beradi.

    Davolash uchun antitireoid preparatlar, radioaktiv yod bilan terapiya, jarrohlik amaliyoti – dori moddalarga allergiya yuzaga kelsa, qonda leykotsitlar miqdori kamayganda va yurak-qon tomir sistemasidagi o‘zgarishlar yuzaga kelganda qo‘llaniladi.

    Gipertireoz, markaziy nerv sistema zararlanishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, mushak kuchsizligi, paralich, teri giperpigmentatsiyasi, tireotoksik kriz, yurak xuruji, insult kabi holatlar bazedov kasalligining asoratlaridir. Tireotoksik kriz 30-50% hollarda o‘limga olib keladi.

    Nasliy moyilligi bo‘lganlar, 30-50 yoshdagi ayollar, qandli diabet va revmatoid artrit bilan kasallanganlar, homiladorlarda kuzatiladi.

    Kasallikni oldini olish uchun stressdan saqlanish, ovqatda uglevod va yod miqdori yetarli bo‘lishi, buqoq bezi kasalliklarini vaqtida davolash kerak bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ko'z chaqchayishining sabablaridan biri - "Bazedov kasalligi"mi?