11:55 / 19.09.2019
8 171

Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi

Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi
Foto: «Rambler»
«Heart» jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga 1-2 marta kunduzi ozgina mizg‘ib olish insult va infarkt xavfini qariyb 50 foizga kamaytiradi.

«RAMBLER»ning yozishicha, Lozanna universiteti (Shveysariya) olimlari sakkiz yil davomida 35 — 75 yoshlardagi 3262 nafar bemorni kuzatishgan. Amaliyot boshlanishidan oldin ularning hech birida yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan. Biroq tajriba davomida 155 kishiga yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yildi. Ularni kuzatish natijasida quyidagilar aniqlandi: haftasiga 1-2 marta kunduzi muntazam ozgina uxlab olgan bemorlarda infarkt va insult soni kunning yorug‘ paytida uxlashga odatlanmaganlarga qaraganda 48 foiz kam qayd etilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish xavfining past darajasi hatto chekish va ortiqcha vazn kabi salbiy omillarda ham saqlanib qolgan.
Shunga ko‘ra kunduzi 30 daqiqa mizg‘ib olish uyquga to‘ymaslikning o‘rnini qoplaydi, yurak-qon tomir tizimi holatini yaxshilaydi va immun tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi.

Biroq olimlar 65 yoshdan oshgan kishilarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayish tamoyilini qayd etishmagan.
Tadqiqot mualliflarining aytishicha, keksa yoshdagi odamlarning salomatligini faqat kunduzgi uyqu bilan yaxshilab bo‘lmaydi.

Tadqiqot chog‘ida aniqlangan qiziqarli fakt: kunduzi tez-tez va ko‘p uxlash salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan, aksincha, sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan darak bergan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu toifa kishilarda kunduzgi uyquchanlikni lohaslik, kasalliklar chaqiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytirishning oddiy usuli topildi