Shamollashga qarshi qaysi vositalar umuman yordam bermaydi?

  • 23 sentyabr 2019, 14:54
  • 3 543
  • Tibbiyot
  • Shamollashga qarshi qaysi vositalar umuman yordam bermaydi?
    Foto: «Tgrm.me»
    Sal mazamiz qochib qolsa, issiq sut ichishga, malina murabbosi yeyishga, askorbinka qabul qilib, o‘ranib yotishga harakat qilamiz. Biroq bu usullarning ayrimlari shamollashga qarshi kurashish o‘rniga, aksincha, tanaga zarar yetkazishi mumkin.

    Mo‘’jizakor dori
    Ko‘pchilik shamollab qolgan zahoti suvda eriydigan kukunli dorilarni ichishga tushadi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ular shamollash alomatlariga qarshi kurashadi. Darhaqiqat, bunday mo‘’jizakor vositalar kasallikning noxush belgilariga qarshi ajoyib kurashadi: bosh og‘rig‘i, isitma, tumov. Biroq ular qisqa vaqt ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga-ustak, kukun shamollashni umuman davolamaydi, shunchaki alomatlarini kamaytiradi. Demak, faqat ularga tayanib qolmaslik kerak. Bunday vositalar shoshilinch vaziyatlardagina asqotadi.

    Yo‘talga qarshi so‘ruvchi konfetlar haqida ham shunday deyish mumkin. To‘g‘ri, ular qabulidan so‘ng odam ma’lum bir paytgacha o‘zini yaxshi his qiladi. Biroq tanadagi virus oldingiday barhayot bo‘ladi va ko‘payishda davom etadi.

    Tomirni toraytiruvchi tomchi dorilarni ham ko‘pchilik tumovning ilk alomatlaridayoq burunga tomizish shart deb o‘ylaydi. Ammo uning foydasidan ko‘ra, zarari ko‘proq. Gap shundaki, ajralma orqali tanamizdagi viruslardan xalos bo‘lamiz. Ushbu jarayonni tomchi dorilar bilan to‘xtatib qo‘yish orqali esa biz kasallikni ichkariga qamab qo‘yamiz. Bundan tashqari, tomirni toraytiruvchi deyarli barcha preparatlar o‘rganib qolishga sabab bo‘ladi.

    Isitmani tushirmaslik kerak!
    Ayrimlar tana harorati ko‘tarilgan zahoti uni turli preparatlar bilan tushirishga urinadi. Lekin aslida bunday qilmaslik kerak. Termometr 39 dan yuqorini ko‘rsatgandagina hab dori ichish kerak. Boshqa vaziyatlarda yuqori tana harorati faqat foyda keltiradi. Shu orqali tana virusni aniqlaganini va unga qarshi kurashni boshlaganini ma’lum qiladi. Negaki viruslar aynan yuqori haroratda halok bo‘ladi.

    Shifobaxsh ter
    Bolalikdan hammamizga shamollaganda issiq choy yoki sut ichish, sviter va junpaypoq kiyish, adyolga o‘ranib yotish, ya’ni kasallik chekinishi uchun terlash kerak deya ta’kidlashadi. Albatta, bu gapda jon bor. Lekin barchaga ma’lum bu usul unchalik ham yoqlanmaydi. Birinchidan, kuydiruvchi ichimlik shusiz ham yallig‘langan tomoqni battar qo‘zg‘atadi. Ichimlik issiq emas, iliq bo‘lishi shart. Ikkinchidan, sviter bilan junpaypoq — sog‘ayish dushmani. Tana harorati pasayishi uchun ipgazlamadan tikilgan yengil pijama kiyish lozim. Tana issiqlik berishi kerak. Qavat-qavat o‘rab-chirmab tashlash noto‘g‘ri.

    Darvoqe, ko‘pchilik kasallik paytida issiq dush ostida cho‘milish mumkinmi, deb so‘raydi. Aslida shunday qilish zarur. Chunki terlaganda teri yuzasiga toksinlar chiqib qoladi. Ularni esa, albatta, yuvib tashlash kerak.

    Asal va murabbo
    Javonda chang bosib yotgan asal bilan malinali murabboni shamolladik deguncha qo‘llashga tushamiz. Biroq bu shirinliklar bemor ahvolini battar yomonlashtirishi mumkin. Ortiqcha shirinlik qonga insulin ajralishini kuchaytiradi: bu kuch-quvvatdan qolishga olib keladi. Ishonavering, shusiz ham holdan toygan tanaga buning umuman keragi yo‘q.

    Askorbin kislota
    — Shamollashning ilk alomatlarida shu zahoti bir nechta askorbinka ichilsa, kasallikdan asar ham qolmaydi, — deya ta’kidlashadi tajribali bemorlar. Bu tushunarli: S vitamini turli infeksiyalarga qarshi kurashadi. Biroq aslida askorbin kislotani bu tartibda qabul qilish nafaqat befoyda, balki xavfli hamdir. Birinchidan, tana o‘ziga hech qachon keragidan ortiq miqdorni qabul qilmaydi. Ikkinchidan, askorbin kislotaga ruju qo‘yish allergiya va jigar kasalliklarini keltirib chiqarishi hech gap emas. Shunday ekan, kasal bo‘lganda S vitaminini, yaxshisi, tabiiy mahsulotlardan olgan ma’qul: tuzlangan karam yoki bulg‘or qalampiri.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shamollashga qarshi qaysi vositalar umuman yordam bermaydi?