SSV «Pangraf» o‘rniga «Roligraf» dori vositasi berilganiga munosabat bildirdi

  • 12 oktyabr 2019, 14:00
  • 688
  • Tibbiyot
  • SSV «Pangraf» o‘rniga «Roligraf» dori vositasi berilganiga munosabat bildirdi
    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
    Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bepul dorilar bemorlar ahvolini og‘irlashtirmoqda» videomaterialidagi murojaatchilar bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

    Murojaatda buyragi transplantatsiya qilingan bir guruh murojaatchilar avval iste’mol qilib kelgan «Pangraf» o‘rniga «Roligraf» dori vositasining berilayotgani, ushbu dori vositasidan xavfsirashayotgani aytib o‘tilgan edi.

    Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va mutaxassislari shikoyat bilan kelgan bemorlar bilan uchrashgan va tushunmovchiliklar o‘rganilgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh transplantologi Ulug‘bek Yo‘ldoshevning aytishicha, ayni paytda bemorlarga berilayotgan «Roligraf» dori vositasining tarkibi va ta’sir etuvchi moddasi «Pangraf» dori vositasi bilan bir xil. Shuningdek, «Pangraf», «Prograf», «Takrolimus» dori vositalari sutkasiga ikki marta qabul qilingan bo‘lsa, ulardan farqli o‘laroq «Advagraf» va «Roligraf» dori vositalari ta’siri uzaytirilgan bo‘lib, ular sutkasiga bir marta qabul qilinadi va mazkur dori vositalarini o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

    «Ushbu dori vositalari zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘z davlatida va boshqa xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilib, tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan. Shu o‘rinda unutmaslik kerakki, har bir dori vositasi GMP, ya’ni xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqarildimi, demak, unga nisbatan shubha bo‘lishi noo‘rin hisoblanadi. Qolaversa, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davolash profilaktika muassasalarida bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunga asosan ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.

    Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda buyrak va jigar ko‘chirib o‘tkazilgan 620 nafar bemor ro‘yxatda bo‘lib, ulardan 590 nafar bemor «Takrolimus» va «Mikofenolat mofetil» preparatlari bilan davlat tomonidan bepul ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, dori vositalarini o‘z vaqtida bemorlarga yetkazib berish qat’iy nazoratga olingan.

    Ma’lumotda aytilishicha, ayni paytda yuqorida qayd etilgan dori vositalarini qabul qilgan ayrim bemorlardan kelib tushgan murojaatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan chuqur o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot e’lon qilinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » SSV «Pangraf» o‘rniga «Roligraf» dori vositasi berilganiga munosabat bildirdi