15:36 / 16.10.2019
3 957

O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi

O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi
O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi «Sofosbuvir» dori vositasining substansiyasi yaratildi. Bu haqda mamlakat Fanlar akademiyasi xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, gepatit C virusi bilan zararlangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan «Sofosbuvir» (gepatit C virusini davolovchi generik preparat) dori vositasi shu vaqtga qadar chetdan import qilinmoqda.

Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika instituti hamda Shanxay tibbiy materiallar instituti olimlari hamkorligida «Sofosbuvir» dori vositasini ishlab chiqarish usullari yaratildi. Tajriba sharoitlarda ishlab chiqarish amalga oshirilib olingan mahsulot klinikoldi sinovlari natijalari bo‘yicha original dori vositasi – «Sofosbuvir»ga mos kelishi ko‘rsatgan.

Bildirilishicha, yaratilgan usul asosida texnologik jarayonlar sxemasi ishlab chiqilib, eksperimental texnologik liniyasi yaratildi va ilk bor O‘zbekiston hududida «Sofosbuvir» dori vositasining substansiyasi ishlab chiqarildi.

Tegishli barcha hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtikani rivojlantirish agentligiga topshirilib ijobiy xulosa olindi va bugungi kunda klinik sinovlarni amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarliklar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi