07:07 / 20.10.2019
4 186

Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi

Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi
Hindistonlik shifokorlar yetti yoshli bolaning og‘zidagi rekord miqdordagi 526 tishni o‘z ichiga olgan o‘smani olib tashlashdi, deya xabar beradi Janubiy Chennaydagi tibbiy guruh.

"200 grammni tashkil qilgan ushbu o‘sma bolaning pastki o‘ng jag‘ida joylashgan edi,"- deydi operatsiyani o‘tkazgan Saveetha stomatologiya kolleji va kasalxonasining shifokori Sentilnathan P.

"U bizga jag‘idagi shish haqida shikoyat qildi", -deydi Senthilnatan. Vaholanki, bu shish bolani uch yoshidan buyon bezovta qilib kelgan.

"Biz kurashayotgan ushbu kasallik yuzlab shikastlanmagan yangi tishlardan iborat bo‘lib, judayam xavfli o‘simta edi", -deydi u. Shu sababli ham bolani tezlik bilan operatsiya qilishdi. Hindiston shifokorlari uning olib tashlangan tishlari dunyo rekordi ekanligini iddao qilishmoqda.

"Shikastlanmagan tishlari bo‘lgan o‘sma odatda irsiy holat bo‘lib, tish jarohati kabi tashqi omillar tufayli yuzaga keladi,"- dedi shifokor. "Bola tuzalib ketdi va uch kundan keyin uyiga ketish uchun ruxsat berildi", deya qo‘shimcha qildi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi