Qanchalik charchagan bo‘lishingizga qaramasdan, uyqusizlik sizni bezovta qilaveradimi? Yoki bo‘lmasam tun o‘rtasida uyg‘onib ketib, qayta uxlay olmayapsizmi? Agar siz shu hodisalarni boshingizdan kechirayotgan bo‘lsangiz, demak siz, shubhasiz,uyqusizlik kasalligiga chalingansiz.
Albatta uyqusizlik kasalligi kundalik ish-faoliyatingizga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ayniqsa bu kasallik xronik tarzda davom etsa, jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Tibbiyot sohasida bu kasallikni "insomniya" deb ham atashadi.
Bu kasallikning quyidagi alomatlari mavjud:
1. Yarim tunda uyg‘onish.
2. Uxlatuvchi dorilarni qabul qilish hamda alkogol ichimliklar iste’mol qilish.
3. Ertalab juda erta uyg‘onish.
4. Kuni bo‘yi toliqib yurish.
5. Kun davomida fikrini bir joyga jamlay olmaslik.
Insomniya kasalligining sabablari:
1. Stress
2. Depressiya
3. Haddan ziyod xavotirlanish
4. Umidsizlikka tushish
Insomniya kasalligidan xalos bo‘lish usullari:
1. Yotoqxonangiz sokin, qorong‘i, salqin ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Doimiy uxlash tartibingizni tuzing.
3. Uxlashingizdan 1 soat oldin barcha elektron qurilmalaringizni o‘chiring.
4. Uxlashingizdan avval barcha stress qilishingizga undovchi vaziyatlardan o‘zingizni yiroq tuting.
5. Kun davomida biroz dam olib, uxlab olishlardan saqlaning. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?