Deyarli barcha irsiy kasalliklarni davolash usuli topildi

  • 23 oktyabr 2019, 20:47
  • 1 415
  • Tibbiyot
  • Deyarli barcha irsiy kasalliklarni davolash usuli topildi
    Garvardning bir guruh olimlari DNKni yangi usul bilan qanday tuzatish kerakligini bilib oldilar.
    Biologlar «dastlabki tahrirlash» deb nomlangan usulni kashf qilishdi — uning yordamida irsiy yo‘l bilan yuqqan zararli mutatsiyalarning 89 foiz qismidan xalos bo‘lish mumkin.

    Bu usulning mohiyati shundaki, uning yordamida genetik mutatsiyali «katakchalar» o‘rnini sog‘lom qismlar bilan almashtirish mumkin. Bunda almashtirish nuqtadek ham, uzunroq ham bo‘lishi mumkin.
    Tadqiqotchilar yangi usulni insonning turli hujayralarida sinovdan o‘tkazishdi va 175ga yaqin to‘g‘rilash operatsiyalari tashkil qilindi. Ular natijasida xato qilish ehtimoli 1-10 foiz, muvaffaqiyat ehtimoli 20-50 foiz ekani ma’lum bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, ibtidoiy tahrirlash usuli hozirda amalda bo‘lgan CRISPR/Cas9'dan ancha aniq va ishonchli chiqdi.

    Endilikda ota-onalardan farzandlariga meros bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklar ehtimolini yo‘q qilishning iloji bor. Isbot tariqasida keltirish zarurki, olimlar allaqachon o‘roqsimon hujayra anemiyasi, fibroz-kistoz mastopatiya va Tay-Saks kasalligini yuqtiradigan gendan xalos bo‘lishni o‘rganishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Deyarli barcha irsiy kasalliklarni davolash usuli topildi