08:35 / 18.11.2019
3 949

Mo‘’jizaviy Moringa o‘simligining sog‘liq uchun foydasi

Mo‘’jizaviy Moringa o‘simligining sog‘liq uchun foydasi
Moringa yoki Moringa Oleifera, dunyodagi eng ozuqaviy qadoqlangan o‘simlikdir.
Bu o‘simlik Afrika, Hindiston hamda Flippin orollarida keng tarqalgan. O‘simlik tarkibida 92 tadan ortiq ozuqa moddalari va 46 turdagi antioksidantlar bor.
Moringa shuningdek, Shimoliy Hindistondagi Himoloy tog‘ etaklarida, Markaziy va Janubiy Amerikada o‘stiriladi.

Olimlarning fikricha, bu o‘simlik 300 dan ortiq kasalliklarni davolaydi. Masalan, tabiiy ravishda davolanadigan ba’zi kasalliklar: diabet, yuqori qon bosimi, oshqozon yarasi, surunkali charchoq sindromi va osteoporozlarni davolaydi.

Qolaversa, Moringa o‘simligidan foydalanish "Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti" tomonidan ta’kidlab o‘tilgan, ya’ni global miqyosdagi go‘daklarni o‘limi muammosiga yechim sifatida qaralgan.

Moringa xavfsiz. Uni turli xil yoshdagi insonlar iste’mol qilishi mumkin. Qariyalar, bolalar, chaqaloqlarga bu o‘simlikni tavsiya qilsa bo‘ladi. Bu o‘simlikning hech qanday nojo‘ya taraflari yo‘q. Uni choy qilib ichsa ham yoki bo‘lmasa ovqat tarkibiga qo‘shib iste’mol qilsa ham bo‘laveradi.

Bir hafta muntazam iste’mol qilish orqali sog‘lig‘ingiz uchun foydali jihatini darhol his qilasiz. Moringani tez-tez iste’mol qilinadigan meva va sabzavotlar bilan taqqoslaganda, quyidagi natijaga ega bo‘lindi.

1. Yogurtga qaraganda 200% dan ko‘proq protein

2. Bananga qaraganda 300% dan ko‘proq kaliy

3. Sutga qaraganda 400% dan ko‘proq kalsiy

4. Sabziga qaraganda 400% dan ko‘proq A vitamini

5. Apelsinga qaraganda 700% dan ko‘proq C vitamini

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mo‘’jizaviy Moringa o‘simligining sog‘liq uchun foydasi