06:30 / 23.11.2019
11 737

Qora shokoladning sog‘lik uchun 5 ta foydali jihati

Qora shokoladning sog‘lik uchun 5 ta foydali jihati
Qora shokolad inson sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan ozuqaviy moddalar bilan boyitilgan. Bu turdagi shokolad kakao daraxtining urug‘idan tayyorlanadi va dunyodagi eng yaxshi antioksidant manbalarining biri sifatida tan olingan.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, quyuq shokolad (shakarsiz) sizning sog‘lig‘ingizni yaxshilaydi va yurak xastalikligiga chalinish xavfini kamaytiradi.
Ushbu maqolada qora shokoladning sog‘lik uchun 5 foydasini keltirib o‘tamiz.

1. Ozuqaviyligi

Agar siz yuqori sifatli qora shokoladni xarid qilsangiz, uning to‘yimli ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.
Qolaversa, uning tarkibida foydali bo‘lgan minerallar mavjud.
Tarkibida 70-85% kakao bo‘lgan 100 gramm qora shokoladda:
Kundalik iste’mol me’yorida organizm uchun temir moddasining 67% i bor
Kundalik iste’mol me’yorida organizm uchun magniy moddasining 58% i bor
Kundalik iste’mol me’yorida organizm uchun mis moddasining 89% i bor
Kundalik iste’mol me’yorida organizm uchun marganets moddasining 98% i bor
Shuningdek, u ko‘p miqdorda kaliy, fosfor, rux va selendan tarkib topgan.

2. Qon ko‘paytirish hamda qon bosimini tushirish

Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kakao va qora shokolad qonni ko‘paytiradi hamda qon bosimini pasaytiradi.
Ammo qon bosimi yuqori odamlarda o‘tkazilgan bir tadqiqotda qora shokolad foyda bermagan.

3. Yurak xuruji xavfini kamaytiradi

Qora shokolad tarkibida yurak xurujiga qarshi chiquvchi oksid mavjud. Bu borasida bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Masalan, so‘nggi o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, shokoladni haftasiga ikki yoki undan ko‘p marta iste’mol qilish arteriyalarda klassifikatsiyalangan blyashka xavfini 32 foizga kamaytiradi.
Yana bir tadqiqotda aytilishicha, qora shokoladni haftasiga 5 martadan ko‘proq iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini 57% ga kamaytiradi.

4. Quyoshdan terini himoya qilishi

Qora shokolad tarkibidagi bioaktiv birikmalar teringizga ham foydali bo‘lishi mumkin. Flavonollar quyoshdan himoya qiladi, teridagi qonni yaxshilaydi. Shuningdek, terining zichligi va namlanishini oshiradi.

5. Miya faoliyatini yaxshilaydi

Qora shokoladning yana bir yaxshi xususiyati bu - miya faoliyatini yaxshilashi.
Tarkibida kakao bo‘lgan qora shokoladlar aqliy zaifligi bo‘lgan keksa odamlardagi kognitiv funksiyani sezilarli darajada yaxshilashga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, kakao tarkibida kofein va teobromin kabi stimulyator moddalar mavjud bo‘lib, ular qisqa vaqt ichida miya faoliyatini yaxshilay olishining asosiy sababidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qora shokoladning sog‘lik uchun 5 ta foydali jihati