O‘zbekistonda allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi

  • 05 dekabr 2019, 20:32
  • 1 973
  • Tibbiyot
  • O‘zbekistonda allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi
    O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan tizim va hujayra darajasida o‘simlik moddalarining xususiyatlari har tomonlama tadqiq qilinadi. Fanlar akademiyasining boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda turli xom-ashyolardan olingan 80 dan ortiq mahalliy vositalar o‘rganilgan va shulardan 2 tasi istiqbolli bo‘lib, dori vositalari ishlab chiqildi. Bu haqda FA xabar berdi.

    O‘zbekistonda birinchi marta qoraqiz ekstraktining flavonoid fraksiyasidan ajratilgan allergiyaga qarshi “Allergodaf” hamda qoraqiz ekstraktining polisaxaridlari asosida yangi immunitetga ta’sir etuvchi “Immunokor” dori vositalari ishlab chiqildi. Hozirda ular klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi