22:23 / 10.01.2020
4 754

Poytaxt tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta reanimobil topshirildi

Poytaxt tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta reanimobil topshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar topshirildi.

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus sanitar avtotransport parki ham yangilandi. 2017- 2018 yillar mobaynida O‘zbekiston tarixida birinchi marta 1500 ta tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilindi. Natijada bugungi kunda tizimda ikki yarim mingga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Oxirgi yillarda tez tibbiy yordam xizmatiga ajratilayotgan mablag‘ ham bir necha barobar oshdi. Jumladan, bitta chaqiriqqa tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlatiladigan dori vositalari uchun sarflangan mablag‘ning dori vositalari bo‘yicha narxi respublika bo‘ylab qariyb o‘n barobarga o‘sib, 5 800 so‘mga yetdi.

Bundan tashqari, tez yordam brigadalari dislokatsiyasi qayta ko‘rib chiqildi va 844 ta qishloq oilaviy poliklinikalarida tez tibbiy yordam tayanch punktlari tashkil etildi. Buning natijasida tez yordam brigadalarining xizmat ko‘rsatish radiusi 15-20 kilometrdan 8-12 kilometrgacha qisqardi.

Endilikda yurtimizda har 13 ming aholiga bitta maxsus tez yordam mashinasi xizmat ko‘rsatmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Poytaxt tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta reanimobil topshirildi