20:27 / 21.01.2020
6 135

Olimlar infarktning yangi sababini aniqlashdi

Olimlar infarktning yangi sababini aniqlashdi
Foto: «Sacitaslan.com»
Yel universiteti, Gelmgols nomli markaz va Augsburg universitet klinikasi olimlarining aniqlashicha, iflos havoda uchraydigan ultramayda zarralar (100 nanometr) miokard infarktini keltirib chiqarishi mumkin. Shaharlarda ularning asosiy manbai avtomobil gazi hisoblanadi. Bu haqda «MedicalXpress» press-relizida ma’lum qilingan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, bunday zarralarning organizmga dastlabki bir necha soat ta’siri davomida qonga oson so‘rilib, yurak bilan bog‘liq katta muammolarga sabab bo‘ladi.

«Tadqiqot uzoq vaqtdan beri o‘ylab kelayotgan fikrni tasdiqladi: iflos havodagi mayda zarralar jiddiy yurak kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunda, ayniqsa, dastlabki bir necha soat juda muhim», — deydi tadqiqotning birinchi muallifi, Yel universiteti dotsenti Kai Chen.

Uning ta’kidlashicha, ultramayda zarralar darajasining oshishi jamoat sog‘liqni saqlash nuqtai nazaridan xavotirlidir.
Tadqiqotda 2005 — 2015 yillar davomida infarktni boshidan o‘tkazgan qariyb olti ming kishi ishtirok etdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar infarktning yangi sababini aniqlashdi