07:28 / 29.01.2020
7 493

Yurtimiz bozorlarida sotilayotgan banandan koronavirus yuqishi mumkinmi?

Yurtimiz bozorlarida sotilayotgan banandan koronavirus yuqishi mumkinmi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamriddin Boqiyevning ta’kidlashicha, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Chetdan kirib kelayotgan mevalar birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar berish bo‘limlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzovotlar sotuviga ruxsat beriladi.

Xo‘sh, meva-sabzavotlardan koronavirus yuqishi mumkinmi?
– Xitoydagi xavotirli epedmik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzovotlar bo‘yicha ham turli tekshiruvlar olib borilayapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan, – deydi Qamriddin Boqiyev. – Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda.

Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste’moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan.

Ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi yurtimizda kerakli barcha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yurtimiz bozorlarida sotilayotgan banandan koronavirus yuqishi mumkinmi?