07:31 / 03.02.2020
7 988

Koronavirus yuqqan inson o‘pkasining surati ilk bor e’lon qilindi

Koronavirus yuqqan inson o‘pkasining surati ilk bor e’lon qilindi
Koronavirus 2019-nCov yuqqan bemor o‘pkalarining surati e’lon qilindi. Xitoylik shifokorlar ushbu suratlarni olishgan.

Suratlar kompyuter tomografiyasi natijasida Xitoyning Lanchjou shahrida 39 daraja harorat bilan shifoxonaga yotqizilgan 33 yoshli ayoldan olingan.

Birinchi suratda “jilosiz oyna” taassuroti tug‘diruvchi xiralashishlar ko‘rsatilgan. Uch kun o‘tib olingan ikkinchi suratda zararlangan soha kengayganini ko‘rish mumkin.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virus bir kun ichida 45 kishining hayotini olib ketdi. Ayni vaqtda undan vafot etganlar soni 304 nafarni, kasallanganlar 14380 nafarni tashkil qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Koronavirus yuqqan inson o‘pkasining surati ilk bor e’lon qilindi