10:32 / 28.02.2015
10 922

Namanganda uyini qimorxonaga aylantirgan fuqaro 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Namanganda uyini qimorxonaga aylantirgan fuqaro 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi fuqaro qadrdon ulfatlarini chaqirib, qimor o‘ynab, pul topmoqchi bo‘ldi, deb xabar beradi «Uz24.uz» «Diyonat» gazetasiga tayanib.

Dasturxonga qo‘yilgan turli spirtli ichimliklardan iborat mehmondorchilik quyuq bo‘ldi. Shunda xonadon egasi mehmonlar o‘tirgan uyga qo‘lida qarta bilan tashrif buyurdi.

O‘yin qizigandan qizidi: qimor uchun tikilgan pul miqdori ham ortib bordi. Biroq huquq-tartibot xodimlari mazkur xonadondagi qimorbozlikdan xabar topib, uni to‘xtatish maqsadida tezkor chora ko‘rdi. Xonadonga bilintirmay kirib kelgan qonun posbonlari qimorbozlarni qo‘lga oldi.

Bu ishning boshida turib, uyini qimorxonaga aylantirgan fuqaro asosiy jinoyatchi sifatida hibsga olindi. U jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudi hukmi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qolgan qartabozlar ham qonun doirasida jazoga tortildi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namanganda uyini qimorxonaga aylantirgan fuqaro 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi