14:30 / 03.03.2015
13 360

Rahmatilla Mirzaevni o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Rahmatilla Mirzaevni o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

2015 yil 2 mart kuni o‘z hovlisida o‘ldirib ketilgan taniqli diktor Rahmatilla Mirzaevning qotili qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 61 yoshli Mirzaevning jasadi 2015 yil 2 mart kuni Zangiota tumanidagi Chig‘atoy-Oqtepa qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan o‘z hovlisidan topilgan. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qotil qo‘lga olingan. U Zangiota tumanining Chuvalachi qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 21 yoshli yigit bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari vaqtida marhumning uyidan ashyoviy dalillar topilgan. Gumonlanuvchi ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Hozirda tergov ushbu jinoyatning sodir etilishi sabablarini o‘rganmoqda.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rahmatilla Mirzaevni o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi