14:56 / 04.03.2015
8 138

Jizzaxda benzovoz erga kirib ketdi

Jizzaxda benzovoz erga kirib ketdi

Jizzax viloyatida benzin tashuvchi mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhidagi xabarga asoslanib «12news.uz» ma’lum qildi.

Guruhga joylashtirilgan fotosuratda yo‘lning benzovoz ag‘darilgan qismida katta chuqur hosil bo‘lgani, shuningdek mashinaning bir nechta g‘ildiragi asosiy qismdan ajralib ketganini ko‘rish mumkin. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida ag‘darilib ketgan benzovoz ichidagi benzinni yo‘ldagilar o‘z avtomobillariga quyib olgani xabar berilgan edi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda benzovoz erga kirib ketdi