17:49 / 05.03.2015
8 109

«O‘zbekiston pochtasi» interaktiv xizmatlarni joriy qilmoqda

«O‘zbekiston pochtasi» interaktiv xizmatlarni joriy qilmoqda

Ayni paytda pochta aloqasining 1720 ta ob’ekti, jumladan 884 ta chekka bo‘limlar korporativ kompyuter tarmog‘iga ulangan.

Tarmoq pochta bo‘limlari xodimlari uchun «Elektron pul o‘tkazmalari», «Pensiyalar va nafaqalar to‘lovini hisoblash va nazorat qilish», «Ro‘yxatga olinayotgan pochta jo‘natmalarini monitoring qilish», «To‘lovlarni qabul qilish» avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek «O‘zbektelekom» AK va «O‘zbekenergo» DAK billing tizimlaridan foydalanish imkonini yaratadi.

2014 yilda hududiy filiallarda avtomatlashtirilgan obuna tizimi joriy qilina boshlandi va bugungi kunga kelib unga pochta aloqasining 385 ta ob’ekti ulangan, deb xabar qiladi «O‘zbekiston pochtasi» AJ sayti.

Shu bilan birga, Yagona portal va Pochta.uz veb-sayti orqali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar ham davom ettirilmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekiston pochtasi» interaktiv xizmatlarni joriy qilmoqda