18:14 / 06.03.2015
7 480

O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarini sotib olmoqchi

O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarini sotib olmoqchi

2015 yil fevral oyining oxirgi haftasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATYKda Ispaniyaning Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi delegasiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda DATYK matbuot xizmati.

Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi bilan hamkorlik bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda. Tomonlar «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarini xarid qilish loyihasini amalga oshirish doirasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Muloqot davomida kompaniya boshqaruvi raisi A.Ramatov hamda Patentes Talgo, S.L. kompaniyasi prezidenti Karlos Palasio Oriol tomonidan kompaniyalararo o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Ispaniyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarini sotib olmoqchi