14:02 / 07.09.2016
6 885

ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikasiya texnologiyalari Haftaligi yanada yirik formatda o‘tkaziladi

ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikasiya texnologiyalari Haftaligi  yanada yirik formatda o‘tkaziladi

19–23 sentyabr kunlari ICTWEEK Uzbekistan 2016 axbort-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) Haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu yili ham Haftalik ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirgan holda o‘tkaziladi.

AKT Haftaligi o‘tkazilishining asosiy maqsadi, sohada erishilgan amaliy natijalar, uning imkoniyatlari va ustunliklari, shuningdek soha rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini yana bir muhokama qilishdir. Haftalikning bu yilgi tadbirlar turkumida “Elektron hukumat” tizimini ravojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari Sammiti - ICTSUMMIT 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligini 20 sentyabr kuni Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikasiya texnologiyalari Sammiti - ICT SUMMIT 2016 boshlab beradi. Tadbir plenar yig‘ilishlar ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Sammit joriy yilda mamlakatimiz IT-sohasida erishilgan natijalar hamda soha mutahassislari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlanadi. AKT Sammitida davlat boshqaruv organlari vakillari, axborot texnologiyalari va aloqa yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va korxonalar rahbarlari, shuningdek mahalliy hamkorlar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish istagida bo‘lgan xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.

Informasion texnologiyalar Ko‘rgazmasi - ICTEXPO 2016

ICTWEEK Uzbekistan 2016 tadbirlari orasida har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro axborot-kommunikasiya texnologiyalari Ko‘rgazmasi muhim rol o‘ynaydigan tadbirlardan biridir. Ko‘rgazma bu yili 21 sentyabrdan 23 sentyabrga qadar ikkita shaharda, ya’ni Toshkentda (21-23 sentyabr) va Namanganda (21-22 sentyabrya) bo‘lib o‘tadi. Uning tarmoq ko‘rinishida o‘tkazilishiga viloyatlarda axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanib borishi sabab bo‘ldi.

«O‘zko‘rgazmasavdo» hududida uch kun davomida bulib o‘tishi kutilayotgan ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasiga 30 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. ICTEXPO 2016 Ko‘rgazmasi stendlarida axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taklif qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar va echimlar namoyish etiladi. Ko‘rgazmada yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni mobil aloqa, tizimli integrasiya, dasturiy ta’minot, aloqa xizmati va ma’lumot o‘tkazish mahalliy va xalqaro kompaniyalarning faol ishtiroki kutilmoqda.

Internet Forum

INTERNET FORUM 2016 Haftalikning yana bir yorqin tadbirlardan biriga aylanishi shubhasiz. Tadbir milliy va xalqaro internet mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida erishilgan natijalar va yutuqlarning keng muhokamasiga bag‘ishlanadi. 21–22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum bloklar ko‘rinishidagi anjumanlar, bo‘limlar ko‘rinishidagi yig‘ilishlar hamda mahorat saboqlari va panelli muhokamalardan tarkib topadi. INTERNET FORUM 2016 ham ICT SUMMIT 2016 singari Xalqaro Biznes markazida bo‘lib o‘tadi.

Forumning ish faoliyatida eGovernment Uzbekistan va Raqamli iqtisodiyot, hamda «Axborot xavfsizligi», “Internet-forum” va “Startap anjumani” kabi turkum tadbirlardan iborat bo‘ladi. Internet Forum dasturi doirasida AKT sohasiga yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otish maqsadida turli xil interaktiv tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalikning asosiy tadbirlari bilan bir vaqtda qo‘shimcha qiziqarli tadbirlar ham bo‘lib o‘tishi kuzda tutilgan. Ular orasida BestSoft Challenge dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar tanlovi natijalari va taqdirlash marosimi, Elektraloqa xalqaro birlashmasining seminari, Cyber Security Challenge Uzbekistan axborot xavfsizligi sohasida o‘tkazilgan ilk tanlov natijalari va taqdirlash marosimi, shuningdek butun mamlakat yoshlarining e’tiborini jalb qiluvchi Intellec2All Respublika IT-loyihalari tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘rin olgan.

19 sentyabr kuni esa Xalqaro Biznes markazida AKT Haftaligi ICTWEEK Uzbekistan 2016 oldidan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligining tashkilotchilari Axborot texnologiyalari tashkilotlari va korxonalari assosiasiyasi va ICTNEWS Conferences. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magi bilan o‘tkaziladi.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari Haftaligi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni hamda ro‘yxatga olish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni ICTWEEK Uzbekistan 2016 rasmiy sayti – www.ictweek.uz orqali olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikasiya texnologiyalari Haftaligi yanada yirik formatda o‘tkaziladi