Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Abdulaziz Komilov juma kuni bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegasiyasi rahbari sifatida Bishkekka tashrif buyurdi. Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan kechgan uchrashuvda O‘zbekistonning qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an’analariga tayangan holda ijobiy notalarda boshlashga tayyor ekanini bildirdi.
"Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini faollashtirishda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yo‘li orqali hal qilishga jiddiy siyosiy yondashuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambaevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini etkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi