15 457
"Milliy tiklanish" partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi
"Milliy tiklanish" Demokratik partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqida MSK o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
"Milliy tiklanish" O‘DP Markaziy Kengashining ettinchi plenumida shunga doir qaror qabul qilindi. Partiya Plenumining majlisida "Milliy tiklanish" O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tadi. Sarvar Sadullaevich Otamuratov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) a’lo baholarga tamomlagan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2003 yilda esa - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ijtimoiy fanlar nomzodi. "Milliy tiklanish" O‘zbekiston Demokratik partiyasi (O‘DP) Markaziy Kengashi raisi.
2000 yilda u "Ijtimoiy faol yoshlarning milliy ongi va uning Mustaqil O‘zbekiston sharoitida shakllanishi" (ijtimoiy tahlil) mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan.
1995-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2006-2010 yillarda sug‘urta kompaniyalarida ishlagan.
2010-2014 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari. 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatadi, Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha Qo‘mita a’zosi.
Sarvar Otamurodov bir qator ilmiy monografiyalar va 50dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Oilali. Ikki farzandning otasi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?