01:14 / 18.09.2016
7 650

Toshkentda yangi ko‘prik qurish ishlari boshlandi

Toshkentda yangi ko‘prik qurish ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida Toshkent shahrida katta qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. Yangi yo‘llar barpo etildi. Nurafshon ko‘chasi uzaytirilib, Nurafshon aylanma yo‘li qurildi. Bunday xayrli sa’y-harakatlar to‘xtagani yo‘q.

Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, joriy yilning 16 sentyabridan Bunyodkor va Muqumiy ko‘chalari kesishuvida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlanganini ma’lum qildi.

Toshkent shahar hokimligi ushbu inshootning bunyod etilishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l harakatidagi cheklanishlar hamda tirbandliklar haqida ogohlantirish orqali haydovchilar va piyodalardan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yangi ko‘prik qurish ishlari boshlandi