13:15 / 19.09.2016
10 400

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi paxta xom-ashyosining 2016 yilgi xarid narxlarini tasdiqladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi paxta xom-ashyosining 2016 yilgi xarid narxlarini tasdiqladi

O‘zbekiston hukumati 2016 yil 11 sentyabrda qabul qilgan 293-sonli qarori bilan paxta xom-ashyosining 2016 yilgi xarid narxini tasdiqladi. Qarorning to‘liq matni Lex.uz saytida e’lon qilingan, deyiladi "Kun" nashrida.

Unga ko‘ra, paxta tolasining naviga mutanosib ravishda bir tonna paxta xom-ashyosi uchun 317,57 ming so‘mdan 2,143 mln so‘mgacha narx belgilangan.

Hujjatda qayd etilishicha, 2016 yilgi paxta hosilini yig‘ib olishda qo‘l bilan terilgan har bir kilogramm o‘rtatolali paxta uchun belgilangan xizmat haqi 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga oshirilib, 285 so‘mni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi paxta xom-ashyosining 2016 yilgi xarid narxlarini tasdiqladi