12:54 / 23.09.2016
7 180

Abdulaziz Komilov Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi

2016 yilning 22 sentyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekistonr respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Vazir O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning vafoti munosabati bilan AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan bildirilgan hamdardlik uchun O‘zbekiston rahbariyati nomidan AQSh tomoniga minnatdorchilik izhor qilgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari va munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Komilov Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi