12:56 / 10.03.2015
7 583

Tijorat banklari plastik karta egalaridan to‘lov vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli

Tijorat banklari plastik karta egalaridan to‘lov vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar orqali emitentning kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi huquqiga tuzatishlar kiritildi. Avval emitentga bunday huquq to‘lov tashkilotining qoidalari asosida taqdim etilardi. Endilikda bu huquqlar “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” (21.11.2013 y., № 2528) bilan o‘rnatiladi. Xuddi shu asosda ekvayer ham kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, emitent – bu bank kartalarini emissiya qilish huquqiga egalik qiluvchi bank hisoblanib, u bank kartalarining emissiyasini amalga oshiradi hamda kartalar egalari va ular tomonidan bank kartalaridan foydalanib hisob-kitob qilish huquqini amalga oshiruvchi ekvayer oldida o‘z nomidan majburiyatlarni zimmasiga oladi.
Faqatgina bank bank kartasining emitenti bo‘la oladi. Ekvayer – ekvayringni, ya’ni bank kartalaridan foydalanib mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilar bilan operasiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi, karta egasiga kassalar va bankomatlar orqali naqd pulni beruvchi bank hisoblanadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tijorat banklari plastik karta egalaridan to‘lov vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli