11:52 / 24.09.2016
10 483

24 sentbardan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi

24 sentbardan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ravishda jihozlanmagan transport vositalarini boshqarganlik uchun jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qarorni 2016 yil 23 sentyabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Kodeksning yangilangan 125-moddasiga muvofiq, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi, favqulodda to‘xtash belgisi, yorug‘lik qaytaruvchi nimcha va qonunda belgilangan tartibda shishani sindirish uchun bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasini boshqarish – haydovchiga eng kam oylik ish haqining yarim baravarida jarima solishga asos bo‘ladi. (1 oktyabrdan 74887,5 so‘mni tashkil etadi).

Bundan tashqari, motosiklni boshqarish qoidalariga rioya qilmay, maxsus bosh kiyimisiz motosikl boshqarish – eng kam oylik ish haqining beshdan bir qismi miqdorida (1 oktyabrdan — 29955 so‘m) jarima solishga asos bo‘ladi. Bu qoida moped haydovchilarga ham tegishli ekani qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 24 sentbardan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi