01:26 / 27.09.2016
12 136

Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur — Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi.

Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashdi.

Ta’kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e’tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda